Bolani maktabga yubormaydigan ota-ona 5 mln so‘mgacha jarima to‘laydi
Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish mumkin emas.
Agar bu shaxslar bolalarning ta’lim olishiga to‘sqinlik qilsa, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘mdan 4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solinishga sabab bo‘ladi. (https://t.me/e_baza_ishreja)