Xorazm viloyati Xonqa tumani 50-umumiy o'rta ta'lim maktabida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlari uchun o'quv seminari tashkil etildi. Seminardan umumta'lim maktabi o'quvchilari o'rtasida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan istiqboldagi rejalarni belgilab olish maqsad qilib qo'yildi. Seminarda Xonqa tumani MMTB, Xonqa tumani IIb, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xonqa tumani bo'linmasi, Yoshlar ishlari agentligining Xonqa tumani kengashi faol ishtirok etishdi.