Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Olaja qishlogʼi Yangi turmush mahallasi

blog


11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Milliy yarashuv oliy kengashi Raisi Abdulla Abdullani qabul qildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik hamda Afg‘onistondagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari keyingi yillarda O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarini rivojlantirishda erishilgan sur’atni katta mamnuniyat bilan ta’kidladi. Amaliy hamkorlikni kengaytirish, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, transport va logistika, energetika, ta’lim va boshqa muhim yo‘nalishlarda ustuvor loyihalarni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlar alohida qayd etildi.
O‘zbekiston Afg‘onistonda mintaqaviy ahamiyatdagi infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekani ta’kidlandi.
Abdulla Abdulla samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonning afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini boshlashga hamda xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha faoliyatini birlashtirishga xizmat qilgan sa’y-harakatlarini yuksak baholadi.

Mehmon O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilayotgan doimiy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi hamda mamlakatimizning Afg‘onistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy jarayonlarga jalb etishga qo‘shayotgan hissasini alohida qayd etdi.
Muzokaralar chog‘ida mintaqaviy va xalqaro siyosatning tomonlarni qiziqtirgan masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.






Manzil

  • Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Olaja qishlogʼi Yangi turmush mahallasi
  • +998 (94) 310-17-519
  • xonqamaktab50@gmail.com
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Yil dasturi

Maktab manzili